"QIZLARJON" to'garagining pazanda qizlari

QORAQALPOQ TAOMI-KURTUKKA MARHAMAT!

         Kurtuk taom nomi nafaqat Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalarida, balki qoraqalpoq tilida ham gurtik nomi bilan ataladi va ularning milliy taomi hisoblanadi.Univetsitetimizda taxsil oluvchi ko’p sonli talabalar birgalikda “Qishloq va suv xo’jaligi ta’minot” fakultet tyutoti Nuraliyeva Zilola bilan birgalikda ajoyib va mazali taomni talabalar turar joyida yashaydigan qoraqalpog’istonlik talaba qizlar bilan tayyorlandi. Ota-onalaridan olisda qizlarimiz ilm olish bilan birga uy-ro’zg’or ishlaridan ham uzilib qolmasliklari va bu ishlarda bevosita biz tyutorlar ham ko’mak berishimiz lozim deb o’ylayman. Kurtuk bahona qizlarimiz bilan bu galgi mavzumiz shu taom tarixiga bag’ishlandi. 109A-guruh talabasi Bahronova Xadicha asosiy oshpaz qizimiz 212-guruh talabasi Eskuatova Aygeraga yordam berish bilan band edi. Aygera esa bu taomning xillari va qoraqalpoq xalqining o’ta sevimli taomi bo’lish bilan bir qatorda o’ta vitaminlarga ham boy ekanligi haqida to’lqinlanib gapirdi. Xulosa o’rnida bir gap aytishim mumkin, kurtuk chinakamiga xushxo’r va mazali ekan!

QSXET fakulteti tyutori

Nuraliyeva Zilola.